Rossiya Donbassdan Kursk viloyatiga qo‘shin yubormaydi

Rossiya Donbassdan Kursk viloyatiga qo‘shin yubormaydi



Rossiya Mudofaa vazirligi jangovar bo‘linmalarni Donbassdagi front chizig‘idan uchinchi haftadirki Ukraina qurolli kuchlarining hujumi davom etayotgan Kursk viloyatiga o‘tkazmaslikka qaror qildi, deb xabar berdi Bloomberg Kremlga yaqin manbaga tayanib. Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya hududiga chuqur kirib borishini to‘xtatishning iloji bo‘lmasada, Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi muhim logistika markazi bo‘lgan Pokrovsk shahri yaqinidagi Donetsk viloyatidagi hujumlarini susaytirmayapti.

Amerika urushni o‘rganish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, shunga qaramay, bir qator rus askarlari Ukraina janubi va sharqidan Kursk viloyatiga ko‘chirilgan. Harbiy tahlilchi Yan Matveevning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududlarni qaytarish uchun 50 minggacha askar kerak bo‘ladi. Bloomberg manbasiga ko‘ra, Kreml bu operasiyada muddatli harbiy xizmatchilardan foydalanish niyatida.

20 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qo‘shinlari Rossiya Federasiyasi hududiga 28-35 km chuqurlikda ilgarilab, 1260 km² dan ortiq hudud va 93 ta aholi punktini nazoratga olganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!