Turkiyada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan muloqot kilindi

Turkiyada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan muloqot kilindi

Turkiyada bo‘lishi davomida jinoyat sodir etishda ayblangan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashish maqsadida joriy yilning 22 avgust kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Istanbuldagi Marmara ayollar yopiq jazoni ijro etish muassasasiga tashrif amalga oshirildi.

Muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining har biri bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, Turkiya qonunchiligi doirasida ruxsat etilgan huquq va erkinliklari, shuningdek majburiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Bu yerdagi 8 nafar vatandoshlarimizdan 4 nafari turli xil yillarga xukm qilingan bo‘lib, qolganlarining sud jarayonlari davom etayotganligi tufayli tegishli konsullik-huquqiy yerdam ko‘rsatildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan kelgusida Bosh konsulxona tomonidan muntazam tashriflarni amalga oshirish, vatandoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Shu o‘rinda, Turkiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan vatandoshlarimizdan mahalliy qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, huquq va erkinliklari cheklangan har qanday holatda polisiyadan bu haqda Bosh konsulxonaga kechiktirmasdan rasmiy xabar berishni talab qilish zarurligi eslatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!