“Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

“Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yil davlat xaridlar sohasidagi o‘rganishlar natijasida, “Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2.8 mlrd so‘mdan ortiq o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar yuzasidan, Buyurtmachi tashkilotga (“Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ) “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilganlik holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi hamda natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi .

Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudga jo‘natildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!