Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Rossiya Federasiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi.

Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!