Qashqadaryoda hokim yordamchisi 1 mlrd. 173,6 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi 1 mlrd. 173,6 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 55-sonli hamda 2023 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 39-sonli qarorlari ijrosidoirasida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Jumladan, Shahrisabz shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi F.A. mansab mavqeidan foydalanib, to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati uchun texnikalar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari R.M. bilan til biriktirib, 2022-2023 yillarda naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilik, asalarichilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish va boshqa maqsadlarda 14 nafar fuqaro nomidan imtiyozli kredit olish uchun shartnoma va hisob-faktura hujjatlariga elektron raqamli imzo orqali soxta ma’lumotlar kiritgan holda aksiyadorlik tijorat bankiga taqdim etishgan. Natijada, bank tomonidan 440,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi boshqaMCHJ rahbari X.S. bilan ham kelishib, 25 nafar fuqaro nomidan soxta ma’lumotlar taqdim etish orqali ATBdan 733,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishgan. Shu tariqa, jami 1 mlrd. 173,6 mln. so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

Hozirda hokim yordamchisi, MCHJ rahbarlarihamda boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksininng 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!