Venesuela Oliy sudi Maduroni rasman g‘olib deb e’lon qildi

Venesuela Oliy sudi Maduroni rasman g‘olib deb e’lon qildi

Venesuela Oliy sudi prezident Nikolas Maduroning so‘nggi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani haqidagi da’volarini tasdiqladi va uni rasman g‘olib deb e’lon qildi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Iyun oyidagi saylovlardan keyin Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Ularning ishtirokchilari rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kichik farq bilan g‘alaba qozongan Nikolas Maduroni natijalarni soxtalashtirishda ayblamoqda. Muxolifat vakillarining ta’kidlashicha, Edmundo Gonsales saylovda 70% dan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozongan. Bu bayonot, xususan, Internetda e’lon qilingan exit-poll natijalariga asoslanadi.

Oliy sud bu ma’lumotlarni ishonchsiz deb atadi va Maduroni saylov g‘olibi deb tan oldi. Shuningdek, u Maduroning Shimoliy Makedoniya xakerlari tomonidan uyushtirilgan kiberhujum saylov kechasi ovozlarni sanab chiqish va batafsil natijalarni e’lon qilishni kechiktirganligi haqidagi da’volariga ham qo‘shildi. Bunday kiberhujum sodir bo‘lganiga hech qanday dalil keltirilmagan. Agentliklar Oliy sudni Maduro hukumatiga sodiq deb atashadi.

🔸Lotin Amerikasining to‘qqizta davlati, jumladan Argentina, Kosta-Rika, Panama, Paragvay, Ekvador Maduroning g‘alabasiga shubha qildi va saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

🔸Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, Nikolas Maduroni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Qo‘shma Shtatlar Edmundo Gonsalesni saylovda g‘olib deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!