AQSh Isroilni ogohlantirdi

AQSh Isroilni ogohlantirdi


AQShning Livan bo‘yicha maxsus vakili Amos Xoxshteyn Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Bayrutga qarshi keng ko‘lamli urush boshlashdan ogohlantirdi.

Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Portal manbalariga ko‘ra, AQSh elchisi Vashington Livandagi keng ko‘lamli mojaro ko‘chirilgan isroilliklarni mamlakat shimolidagi uylariga qaytarish maqsadiga erishishiga ishonmasligini aytdi.

Shu bilan birga, u Livanning Hizbulloh harakati bilan keng qamrovli urush ancha kengroq va uzoq davom etadigan mintaqaviy mojaroga olib kelishini ta’kidladi.

Portal suhbatdoshlari ta’kidlaganidek, Xoxshteyn Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantga Qo‘shma Shtatlar Livandagi vaziyatni "yo G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv bilan birga, yoki mustaqil ravishda diplomatik yo‘l bilan tartibga solish tarafdori" ekanini aniq aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!