Rossiyada Robinson vertolyoti g‘oyib bo‘ldi

Rossiyada Robinson vertolyoti g‘oyib bo‘ldi

Robinson vertolyoti Amur viloyatidagi chekka hududda g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda tuman yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati ma’lum qildi.

Vertolyot oltin qazib oluvchi uchastka hududi uzra uchib ketayotgan edi. Vertolyot g‘oyib bo‘lganligi taxmin qilinayotgan joy botqoqli, borish qiyin bo‘lgan hududda joylashgan. Vertolyot bortida uchuvchi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan. Qidiruv ishlariga 20 ga yaqin kishi va yettita texnika jalb qilingan. Vertolyot oltin qazib oluvchi kompaniyaga tegishli, shuning uchun uning tomonidan ham qidiruv uyushtirilgan - sakkiz kishi va ikkita texnika jalb qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!