Chexiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni ortib bormoqda

Chexiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni ortib bormoqda

Chexiyadagi suv toshqini natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.

Bu haqda "Chexiya radiosi" xabar berdi.

Ilgari bir kishining o‘limi ma’lum bo‘lgan, yana 7 nafari bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

"Yakshanba kuni respublika shimoli-sharqidagi Krasoves daryosidan o‘lik ayolning jasadi topildi. Dushanba kuni yana ikki erkakning jasadi topilgan, ulardan biri suv bosgan kvartirada bo‘lgan, sakkiz kishini qidirish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

13 sentyabrdan buyon Chexiya Respublikasining deyarli butun hududida to‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir daryolar va boshqa suv havzalarida suv sathining keskin ko‘tarilishiga va bir qator aholi punktlarini suv bosishiga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!