Meta Rossiyaning RT targ‘ibot kanalini Instagram va Facebook'dan taqiqladi

Meta Rossiyaning RT targ‘ibot kanalini Instagram va Facebook'dan taqiqladi

AQShda prezidentlik saylovlariga yetti hafta qolganda Meta o‘z platformalarida RT va telekanalga aloqador bir qancha tashkilotlarning akkauntlarini bloklashga qaror qildi. Facebook'dan tashqari, Meta Instagram, WhatsApp va Threads-ni boshqaradi.

RT Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq dezinformasion kampaniyalar tufayli 2022 yilning bahoridan boshlab Yevropa Ittifoqida allaqachon taqiqlangan edi. O‘tgan juma, 13 sentyabr kuni AQSh hukumati RTni «dunyo davlatlarining suveren ishlariga» aralashishda aybladi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya davlat teleradiokompaniyasi yashirin ta’sir qilish operasiyalarida ishtirok etadi va Rossiya razvedka idoralari bilan yaqin hamkorlik qiladi.

Avvalroq Vashington hukumati Rossiyani AQSh prezidentlik kampaniyasiga aralashishda ayblagan edi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar hukumati bir necha shaxs va tashkilotlarga, jumladan, RT vakillariga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

Shu bilan birga, amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli bo‘lgan X platformasida RT akkauntlari hali ham Yevropa Ittifoqi va boshqa ba’zi mamlakatlardan tashqarida mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!