O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolyotini topshirdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolyotini topshirdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolyotini topshirdi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston harbiy samolyotlari parki ikkita jangovar vertolyot bilan to‘ldirildi.

U 2021 yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga bepul yordam sifatida MI-8MTV harbiy vertolyotini berganini ta’kidladi.

"Shundan so‘ng Qirg‘iziston harbiy samolyotlari parkidagi xuddi shunday vertolyotlardan biri kapital ta’mirlash uchun davlatga qarashli "Chirchiq aviasiya ta’mirlash zavodi"ga topshirildi. Ta’mirlash ishlarini O‘zbekiston Mudofaa vazirligi to‘liq o‘z zimmasiga oldi”, — deya yozgan Japarov.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi mutaxassislari samolyotni qabul qilib, Chirchiq – O‘sh, O‘sh Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berishdi va u to‘liq ishga tayyorligini ma’lum qildi.

"Bularning barchasi, albatta, O‘zbekiston prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning ko‘magi va nazorati bilan amalga oshdi. Shu munosabat bilan Shavkat Miromonovichga chuqur minnatdorligimni bildiraman", — deya qo‘shimcha qilgan Qirg‘iziston rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!