O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 15 metr chuqurlikda maxfiy tunnel topildi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 15 metr chuqurlikda maxfiy tunnel topildi

O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni yerosti yo‘li orqali bog‘lab turuvchi tunnel topildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, Kaktus-media xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tunnel 15 metr chuqurlikda joylashgan, uning kirish qismi 1,8 metrni, eni 1,5 metrni tashkil etadi. Kirish qismidan chegara chizig‘igacha 40 metr, kirishdan chiqishgacha bo‘lgan masofa esa 270 metrga teng.

Ushbu tunnel aniqlangan hudud egasi Jalolobod tumanining «Qiziljar» posyolkasidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgani sabab unga nisbatan qayta tibbiy tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda jinoiy ishga aloqador vositalarini yer sathidan olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!