O‘zbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsga start berildi

O‘zbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsga start berildi

Barcha o‘zbekistonliklar va dunyodagi yana millionlab shaxmat muxlislari yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlab, muxlislik qilishmoqda.

O‘yinni mana bu sahifa ( https://chess24.com/en/watch/live-tournaments/olympiad-chennai-2022-open/11/3/1 ) orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Qiziq faktlar:

— Nodirbek Abdusattorov Anish Giri bilan joriy yil fevral oyidagi Airthings Masters turnirida durang o‘ynagandi ( https://chess24.com/en/watch/live-tournaments/meltwater-champions-chess-tour-airthings-masters-2022-prelims/1/1/2 ). O‘tgan yilgi FIDE Jahon kubogida esa 4 ta o‘yinda 3:1 hisobida Anish Girini mag‘lub etgandi ( https://chess24.com/en/watch/live-tournaments/sochi-fide-world-cup-2021/3/16/4 ).

— Nodirbek Yakubboyev hamda uning raqibi Yorden Van Forest turnirda to‘liq 10 ta partiya o‘ynab, hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan 6 nafar shaxmatchilar safida bor. Ya’ni ikkalasi ham 10 ta o‘yinda umuman yutqazmadi.

— Javohir Sindorov va uning raqibi Benjamin Bok turnirda bir xil natija ko‘rsatgan: 9 imkoniyatdan 6 ochko. Teng kuchli raqiblar.

— Jahongir Vohidovga ham ko‘z tegmasin, hali biror marta mag‘lub bo‘lmadi. 7 imkoniyatdan 5,5 ochko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!