Uyqusizlikning eng oson usuli: Orzu qiling!

Uyqusizlikning eng oson usuli: Orzu qiling!

AQShning Shimoliy-G‘arbiy universiteti nevrologlari hayotida ulkan maqsadlari bo‘lgan kishilar boshqalarga nisbatan uyqusizlikdan deyarli aziyat chekmasliklarini ma’lum qilishdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, aniq maqsadlarga, orzularga ega bo‘lish, ayniqsa, keksalik davrida uyqusizlikdan xalos bo‘lishning eng oson usuli ekan.

Ekspertlar uyquning yaxshi kechishi uchun qahva, nikotin, alkogoldan voz kechishni tavsiya qilishmoqda.

Uxlashdan avval kompyuterda ishlash, televizor ko‘rish, kaloriyali taom tanovul qilish, og‘ir jismoniy harakatlanish mumkin emas. Dimo bir xil vaqtda uxlashga yotish tavsiya etiladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!