Urush tufayli 5 million ukrainalik ishsiz qoldi

Urush tufayli 5 million ukrainalik ishsiz qoldi

Ukrainada kamida 5 million kishi urush natijasida ishsiz qoldi, deya ma’lum qildi Ukraina iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Tatyana Berejnaya Polsha-Ukraina iqtisodiy forumida.

"Urush Ukraina mehnat bozorini vayron qilmoqda. 10 million ishchi mehnat qilgan hududlar bugun jang maydoniga aylangan", — deydi Berejnaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, urush tufayli 7 millionga yaqin aholi Ukrainani tark etgan. Xususan, hozirda 1,5 million ukrainalik vaqtinchalik himoya dasturi doirasida Polshada jon saqlamoqda.

Bir kun avval Ukrainaning yirik xususiy energetika kompaniyasi DTEK rahbari Maksim Timchenko BBC'ga bergan intervyusida ukrainaliklar energetika tizimidagi yuklamani kamaytirish uchun harakat qilish haqida o‘ylab ko‘rishlari kerakligini aytgan edi.

Hukumat ilgari ham xorijdagi ukrainaliklarga elektr quvvati taqchilligi sababli uylariga qaytmaslikni maslahat bergan, biroq odamlardan mamlakatni tark etishni so‘ramagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!