Ukrainaning Zaporojye shahrida o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Zaporojye shahrida o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Zaporojye viloyatida raketa hujumi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi yaralandi. Bu haqda Zaporojye viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Irvan Fedorov ma’lum qildi.

«Rossiyaning Zaporojye viloyatiga raketa hujumi oqibatida yetti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardlik bildiraman. Hozirgacha 11 kishi tan jarohati olgani ma’lum bo‘lib, ulardan uch nafari bolalar. Barcha xizmatlar joyida va imkon qadar yordam beradi. Afsuski, qurbonlar soni hali ham o‘sishi mumkin», — deb yozdi Fedorov Telegram’da.

OVA rahbari Ukraina shaharlari va jamoalari har kuni raketa hujumlariga duchor bo‘layotganini ta’kidladi.

«Ammo buni yengishning yo‘llari bor: terrorchilarni ular turgan joyda yo‘q qilish, Rossiya raketalarini yo‘q qilish, haqiqatan ham uzoq masofaga zarba berish va Ukrainadagi zamonaviy havo mudofaa tizimlari sonini ko‘paytirish», — deya ta’kidladi u.

Fedorov Ukrainaga yordam berayotgan barcha hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Va biz kerakli yechimlarni tezlashtirishimiz kerak. Bu urushda qaror qabul qilishdagi har qanday kechikish inson hayotini yo‘qotish demakdir», — deya qo‘shimcha qildi OVA rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!