Ukraina Rossiya aerodromidagi hujumni tasdiqladi

Ukraina Rossiya aerodromidagi hujumni tasdiqladi

Ukraina armiyasi tunda Lipetsk viloyatidagi Rossiya aerodromiga zarba berib, o‘q-dorilar omborlarini vayron qilganini tasdiqladi.

«Kecha tunda Ukraina mudofaa kuchlari Lipetsk aerodromiga hujum qildi», — dedi Ukraina Bosh shtabi Telegram’dagi xabarida va u «boshqariladigan havo bombalari omborlari va bir qator boshqa ob’ektlarga» zarba berganini qo‘shimcha qildi.

«Bir nechta chaqnash manbalari qayd etildi, katta yong‘in chiqdi va ko‘plab portlashlar kuzatildi», — deyiladi postda.

Aerodromda Rossiyaning Su-34, Su-35 va MiG-31 samolyotlari joylashgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya «yirik» dron hujumi haqida xabar berib, mintaqada favqulodda holat e’lon qilgan va evakuasiya qilishga buyruq bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!