Ukraina hukumatni tanqid qilgan jurnalistni O‘zbekistonga topshirishni rad etdi

A A A
Ukraina hukumatni tanqid qilgan jurnalistni O‘zbekistonga topshirishni rad etdi

Ukraina bosh prokuraturasi O‘zbekiston hukumati ekstradisiya qilishni talab etgan o‘zbek jurnalisti Narzullo Oxunjonovni O‘zbekistonga topshirishni rad qildi. Bu haqda Amnesty International tashkilotining Ukrainadagi vakolatxonasi ijrochi direktori Oksana Pokalchuk o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oxunjonov ozodlikka chiqarilgan va rasman qochoq maqomini olgan.

O‘zbekiston hukumatini tanqid qilgan jurnalist 2013 yilda mamlakatni tark etgandi. U Ukrainadan siyosiy boshpana so‘raganidan so‘ng Turkiyadan Kiyevga oilasi bilan uchib kelganida, 2017 yil 25 sentyabrda hibsga olingandi.

Sud qarorida Oxunjonovning hibsga olinishiga uning O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani asos bo‘lganligi aytilgandi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!