To‘yiga 50 nafarga yaqin odamni chaqirgan erkak jazolandi

To‘yiga 50 nafarga yaqin odamni chaqirgan erkak jazolandi

Internet tarmog‘ida tarqalgan amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda 2020 yilning 17 oktyabr kuni o‘tkazilgan to‘y tadbiri suratlarini o‘rganish davomida mazkur tadbir tashkilotchisi 53 yoshli Akmaljon A. ekanligi aniqlandi.
Tadbirdan ikki kun avval, joriy yilning 15 oktyabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori kapitan O. Raximov Akmaljon A. bilan amaldagi karantin qoidalari haqida tushuntirish suhbati o‘tkazgan. Ammo fuqaro ogohlantirshlarga qaramasdan, 40-45 kishini taklif qilgan.
Mazkur fakt asosida Akmaljon A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarligi to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar Uchtepa tumani DSENMga yo‘naltirildi, natijada qoidabuzarga 4 446 000 so‘mlik jarima solindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!