Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni nega keskin oshgani ma’lum bo‘ldi

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni nega keskin oshgani ma’lum bo‘ldi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja rasmiylar mamlakat kurortlaridagi epidemiologik xavflarni yetarlicha baholamaganliklarini va Qurbon hayiti paytida mamlakatda kasalliklar ko‘payib borayotganini ta’kidladi. U bu haqda tvitterda xabar berdi.

Ramblerning yozishicha, Rossiya 1 avgust kuni Anqara va Istanbul bilan reyslarni qayta boshladi. Rossiyadan Antaliya, Bodrum va Dalamanga parvozlar 10 avgust kuni boshlanishi kutilmoqda.

Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, 4 avgust kuni Turkiyada kuniga 1083 koronavirus kasalligi aniqlangan, 18 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, bir kun oldin mamlakatda 995 ta COVID-19 holati aniqlangandi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri uzoq vaqt davomida birinchi marta kasalxonada jiddiy o‘sish kuzatilayotganini aytib, ta’tilni jiddiy oqibatlarga olib kelmaslikka chaqirdi.

 "Afsuski, epidemiya omili bayram tantanalarida va dam olish maskanlarida yetarlicha hisobga olinmadi", — deb tushuntirdi Koja.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!