Turkiya musulmonlarning himoyachisimi?

Turkiya musulmonlarning himoyachisimi?

Turkiya NATO va isroil o‘rtasidagi hamkorlikka to‘sqinlik qilmoqda.

Turkiya oktabr oyidan beri G‘azodagi urush tufayli NATO va isroil o‘rtasidagi hamkorlikka to‘sqinlik qilmoqda. Anqara mojaro tugamaguncha alyans isroil bilan sherik sifatida aloqa qilmasligini ta’kidlamoqda. Bu haqda Reuters agentligi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Bosqinchi isroil NATO hamkori maqomiga ega va harbiy alyans va uning ayrim a’zolari, xususan, eng yirik ittifoqchisi AQSh bilan yaqin munosabatlarni rivojlantirgan.

Biroq Anqara isroilning «genosid» deb atagan G‘azoga bostirib kirishini qattiq tanqid qilib, o‘zaro savdoni to‘xtatdi. U, shuningdek, ko‘plab G‘arb ittifoqchilarini isroilni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun tanqid qildi.

Turkiya o‘tgan yilning oktabr oyidan beri isroilning G‘azoda falastinliklarni qirg‘in qilishini NATOning ta’sis tamoyillarini buzish sifatida baholab, NATOning isroil bilan barcha aloqalariga, jumladan, qo‘shma yig‘ilish va harbiy mashg‘ulotlarga veto qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya bu pozisiyasini saqlab qoladi va bosqinchi isroilning G‘azodagi harakatlari xalqaro huquqqa zid ekanligiga ishonchi komil bo‘lgani uchun qirg‘in tugamaguncha isroilga NATO bilan hamkorlikni davom ettirish yoki rivojlantirishga ruxsat bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!