Turk armiyasi Iroq va Suriya shimolida 10 nafar terroristni zararsizlantirdi

Turk armiyasi Iroq va Suriya shimolida 10 nafar terroristni zararsizlantirdi

Turk Qurolli kuchlari Iroq va Suriya shimolidagi amaliyot hududlarida 10 nafar terroristni zararsizlantirdi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining 29 iyun, shanba kuni bergan bayonotida aytilgan.

Departament, Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashni eng qat’iy tarzda davom ettirayotganini qayd etdi.

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolidagi Penche-Kilit (Panja-Qal’a) amaliyoti hududida aniqlangan 6 nafar PKK terroristi hamda shimolidagi Furot qalqoni va Zaytun novdasi hududlarida aniqlangan 4 nafar YPG terroristi zararsizlantirildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an avvalroq PKK jangarilari Turkiyada birinchi marta terakt uyushtirgan 1984 yildan buyon minglab turk xavfsizlik kuchlari, harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari bu qonli tashkilot qo‘lidan halok bo‘lganini aytgan edi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi PKKni terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi.

So‘nggi yillarda PKK mintaqadagi qonli jinoyatlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘g‘inlariga o‘tkazishga harakat qildi.

Suriyada PKK terroristlari PYD va YPG nomlari ortiga yashirinib, so‘nggi ikki yil ichida o‘zlarini «Suriya Demokratik kuchlari» deb atashdi.

Eronda PKK Kurdiston erkin hayot partiyasi (PJAK) sifatida faoliyat yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!