Tramp o‘z mulkini tintuv qilish chog‘ida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni talab qildi

Tramp o‘z mulkini tintuv qilish chog‘ida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni talab qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi agentlari tomonidan Mar-a-Lagodagi mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarib berishni talab qildi.

Tramp o‘zi yaratgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida FBR advokat-mijoz imtiyoziga kiruvchi materiallar qutilarini, shuningdek, ijrochi imtiyoz deb ataladigan hujjatlarni (prezidentning ma’lum ma’lumotlarni oshkor qilmaslik huquqini nazarda tutadi) olib qo‘yganini yozdi.

"Men bu hujjatlarni zudlik bilan olingan joyga qaytarishlarini so‘rayman. Rahmat!", - deb yozgan Tramp. Bu haqda New York Post xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!