Tramp AQShda koronavirusga chalinganlarning yanada ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin!

Tramp AQShda koronavirusga chalinganlarning yanada ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin!

Virjiniya shtati Sog‘liqni saqlash departamenti xodimi AQSh prezidenti Donald Trampning juma kuniga rejalashtirilgan saylovoldi mitingi haqida gapirarkan, koronavirus tarqalish xavfi haqida aytdi.

Departamentning tuman direktori Natasha Dvamena yig‘ilish xonasi ijarachisiga maktub yozib, unda mitingni "xalq salomatligiga jiddiy tahdid" deb atadi, deb xabar beradi AP. Shuningdek, u ushbu tadbir shtat gubernatori Ralf Nortam tomonidan qo‘yilgan 250 dan ortiq odamni yig‘ishga taqiqni buzishini ta’kidladi. Mitingda taxminan 4 ming kishi kutilmoqda.

Rasmiy ishtirokchilar sonini kamaytirishga yoki mitingni bekor qilishga chaqirdi.

Avvalroq Trampning saylovoldi shtabi saylovchilar bilan uchrashuvlarda zarur choralar ko‘rilgani, jumladan, maskalar va antiseptiklar tarqatilishi va ishtirokchilarning harorati tekshirib chiqilishi aytilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!