Toshkentning ikki tumani hududida bugun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ikki tumani hududida bugun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining qator hududlariga 5 avgust kuni soat 10:00 dan 17:30 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Olmazor tumani:

  • aholi iste’molchilari — “Hastimom” MFYdagi 197 ta yerli xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 2 ta.

Shayxontohur tumani:

  • aholi iste’molchilari — “Gulbozor” MFYdagi 85 ta yerli xonadon, 65 ta kottej, 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 244 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 12 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!