Toshkentdagi "Oysha xola" ismli YPX xodimi: vaziyatga aniqlik kiritildi

Toshkentdagi "Oysha xola" ismli YPX xodimi: vaziyatga aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqda "Oysha xola ismli YPX xodimi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent viloyati IIB YHXB YPX inspektori F.Mavlonov Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan vaqtida me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Lasetti" rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Tekshiruv jarayonida haydovchi 2004 yil to‘g‘ilgan A.A.ning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi (yoshi to‘g‘ri kelmasligi) aniqlangan.

Xodim ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib avtomobilni jarima maydoniga yuborilishini aytgandan so‘ng haydovchi xodimga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatgan va video tasvirga olishni boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar qo‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!