Toshkentda yo‘qolib qolgani surxondaryolik 19 yashar qiz sog‘-omon holda topildi

Toshkentda yo‘qolib qolgani surxondaryolik 19 yashar qiz sog‘-omon holda topildi

Toshkentda yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgan surxondaryolik 19 yashar Zulxumor Narzullayeva Mirobod tumanida, tanishlarining uyida sog‘-omon holda topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

«U onasining oldiga qaytdi, barcha araz-ginalar ortda qoldi. Qizni topishda befarq bo‘lmagan fuqarolar va Telegram guruhlari ma’murlari yordam berdi», — deyiladi IIBB xabarida.

IIBB toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan yaqinlari g‘oyib bo‘lgani haqida avval ichki ishlar idoralariga xabar berish, so‘ng ma’lumotni internet tarmog‘ida tarqatishni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!