Putin Xitoyga uchadi

Putin Xitoyga uchadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan 16-17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

«Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 2024 yilning 16-17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu Putinning lavozimga kirishganidan keyingi birinchi xorijiy safari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!