Toshkentda o‘zini derazadan tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi

Toshkentda o‘zini derazadan tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlari o‘z joniga qasd qilgan qizni qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 25 oktyabr kuni soat 01:15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli ayol o‘z joniga qasd qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelgan va ularning tezkorlik amalga oshirgan sa’y-harakatlari tufayli X.I.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Hayotda qanday vaziyat ro‘y berishidan qat’i nazar, har qanday holatda ham muammoning yechimi borligini unutmang. O‘z joniga qasd qilish — muammoning yechimi emas», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!