Toshkentda Olimpiada chempioni Tahoe'da soatiga 110 km tezlikda harakatlandi

Toshkentda Olimpiada chempioni Tahoe'da soatiga 110 km tezlikda harakatlandi

Bugun, 24 sentyabr kuni Toshkentda boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Tahoe avtomashinasini soatiga 110 km tezlikdm harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Holat yuzasidan UzNews.uz Toshkent shahar IIBB YHXB'ga tayanib, ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!