Lukashenko: "Belarusda katta armiya yo‘q"

Lukashenko: "Belarusda katta armiya yo‘q"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, mamlakat katta armiyaga ega emas, ammo mudofaa tizimi mavjud.

Bu haqda BelTA agentligi xabar bermoqda.

"Men uzoq vaqtdan beri aytganman: biz Rossiya emas, ayniqsa, Xitoy emas, Hindiston emas va NATO bloki emasmiz, biz urush uchun zarur bo‘lgan bunday armiyani ushlab turolmaymiz , shuning uchun biz moslashishimiz kerak" - dedi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qurolli kuchlar davlatni himoya qilishga chaqiriladi, biroq kerak bo‘lsa, hududiy mudofaa va xalq milisiyasi tezda tashkil etiladi.

Davlat rahbari hududiy mudofaa vazifalarini zamonaviy urush sharoitlarini hisobga olgan holda yangilash bo‘yicha topshiriq berdi. "Bizda aniq bir tizim bor: Davlat kotibiga (Xavfsizlik Kengashiga) qat’iy topshiriq berilgan, shunda hammasi ko‘z-ko‘rona tekshirilmaydi, ya’ni xalq milisiyasidan tortib, qurolli kuchlargacha. Biz mamlakatimiz uchun mudofaa tizimini yaratganmiz" - dedi Lukashenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!