Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov va Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov o‘z lavozimlaridan ozod etilishi mumkin — “Strana”

Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov va Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov o‘z lavozimlaridan ozod etilishi mumkin — “Strana”

Nashr manbalari, shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari Viktor Zaitsev va Igor Ostapenkoni ishdan bo‘shatish haqidagi qaror Budanovning roziligisiz qabul qilingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlaydi.

"Gap shundaki, Budanov va Prezident devoni rahbari Andrey Yermak o‘rtasida jiddiy ziddiyat bor. Budanov Zelenskiyning atrofidagi Yermakga muqobil qolgan kam sonli nufuzli odamlardan biridir", — deya ta’kidlaydi manba.

Ta’kidlashicha, Budanovning o‘rnini kim egallashi haqidagi muhokamalar davom etmoqda.

"Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari, Budanovning sobiq o‘rinbosari Oleg Ivashenko Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallashi, amaldagi Mudofaa vaziri Rustem Umerov esa Tashqi razvedka xizmati rahbari etib tayinlanishi mumkin. Umerov o‘rnini kim egallashi haqidagi savol ochiq qolmoqda", — deydi “Strana” suhbatdoshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!