Eron prezidenti Tehron Moskvaga raketa yetkazib berganini rad etdi

Eron prezidenti Tehron Moskvaga raketa yetkazib berganini rad etdi

Mas’ud Pizishkiyon bu haqda BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi sessiyasida ma’lum qildi.

"Ehtimol, ilgari shunday yetkazib berishlar bo‘lgandir. Lekin sizni ishontirib aytamanki, men prezidentlik lavozimiga kirishganimdan beri (2024 yil 30 iyul) Rossiyaga bunday qurollar jo‘natilmagan", — deya ta’kidladi Eron prezidenti.

Pizishkiyon, shuningdek, Eron Rossiya-Ukraina urushi masalasida G‘arb davlatlari bilan muzokaralar olib borishni istashini aytdi.

"Biz yevropaliklar va amerikaliklar bilan muloqot olib borish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz. Biz Rossiyaning Ukraina hududiga bo‘lgan tajovuzini hech qachon ma’qullamaganmiz", — deya Pizishkiyonning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, Rossiya Erondan 110 kilometr masofaga uchadigan 200 dan ortiq Fath-300 ballistik raketalarini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!