Tramp: "Zelenskiy tarixdagi eng yaxshi sotuvchi"

Tramp: "Zelenskiy tarixdagi eng yaxshi sotuvchi"

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonishini xohlaydi, dedi. "Zelenskiy - tarixdagi eng yaxshi sotuvchidir, u har safar bizga 60 milliard dollar bilan qaytib keladi", dedi Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi kampaniyasida yana bir bor Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishga va’da berdi. Ukraina prezidenti BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkka keldi. ABC News telekanaliga bergan intervyusida u urush ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra tugashga yaqinroq ekanini aytdi va ittifoqchilarni Ukraina armiyasini kuchaytirishga yordam berishga chaqirdi. Zelenskiy AQShga tashrifi davomida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ham uchrashadi. Avval xabar qilinganidek, u Rossiya ustidan “g‘alaba rejasi”ni taqdim etadi. Intervyuda Zelenskiy Rossiya yetakchisi Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishidan qo‘rqishini, chunki u mamlakatni himoya qila olmasligini anglashini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!