O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 97,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 60,7 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Turkmaniston — 60 289 nafar;

Tojikiston — 29 168 nafar;

Afg‘oniston — 2 125 nafar;

Xitoy — 950 nafar;

Turkiya — 822 nafar;

Hindiston — 740 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 589 nafar;

Janubiy Koreya — 507 nafar;

AQSh — 320 nafar;

Rossiya — 286 nafar;

boshqa davlatlar — 1 634 nafar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!