Telegramda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

Telegramda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

“Telegram foydalanish qoidalari va maxfiylik siyosatini yangiladi. Bundan buyon messenjer qoidalarini buzgan foydalanuvchilar IP manzillari va telefon raqamlari, hukumatlar qonuniy talablariga ko‘ra, tegishli organlarga taqdim etilishi mumkin,” - dedi Pavel Durov.

Messenjer asoschisining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatish shartlari va maxfiylik siyosatiga tegishli yangilanishlar kiritgan.

Shuningdek, Durov Telegram jamoasi so‘nggi kunlarda sun’iy ong yordamida messenjerdagi barcha noqonuniy tovarlar savdosi va mavjud bo‘lgan noqonuniy kontentni o‘chirib tashlaganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!