Rossiya kemasi Norvegiya kemasiga qarata o‘t ochdi

Rossiya kemasi Norvegiya kemasiga qarata o‘t ochdi

Rossiyaning suv osti kemasiga qarshi «Admiral Levchenko» kemasi Norvegiya baliq ovlash kemasiga qarata o‘q uzdi.

Voqea 12 sentyabr kuni rus esmineti Norvegiyaning 15 metrlik MS Ragnhild Kristine kemasi yo‘nalishida ogohlantiruvchi o‘t ochgan, bu Norvegiya kemasi Rossiya kemasining ushbu suvlarni tark etish haqidagi iltimosini e’tiborsiz qoldirganidan keyin sodir bo‘lgan.

Voqealar Norvegiyaning iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tdi, u ham xalqaro suv hisoblanadi. Bu degani, barcha davlatlarning kemalari hududdan yuk tashish yo‘lagi yoki harbiy mashg‘ulotlar uchun joy sifatida erkin foydalanishi mumkin.

Rossiyaning Oslodagi elchixonasi voqeadan xabari yo‘qligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!