Germaniyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 13 kishi jabrlandi

Germaniyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 13 kishi jabrlandi

Germaniya g‘arbida yo‘lovchi poyezdi stasionar yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 13 kishi jabrlandi.

Bu haqda Spiegel jurnali huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi.

"Ksanten va Duysburg shaharlari o‘rtasidagi temir yo‘lda sodir bo‘lgan voqeada 13 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari og‘ir tan jarohati oldi", — dedi polisiya.

Ta’kidlanishicha, to‘qnashuv mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:30 da sodir bo‘lgan. 30 kishini olib ketayotgan poyezd yaqin atrofdagi yo‘lga chiqib, u yerda turgan yuk poyezdining lokomotivi bilan to‘qnashib ketgan. Qayd etilishicha, ikkala poyezd ham relsdan chiqib ketmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!