Boks bo‘yicha hakamimiz Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi

Boks bo‘yicha hakamimiz Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi

Joriy yilning 26 iyul-11 avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilganidan xabaringiz bor, albatta. Unda sportchilarimiz 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘zlarining tarixiy natijalari bilan dunyo sporti muxlisu-mutaxassislarining e’tiborini tortgani sir emas.

Ushbu musobaqalarda hakamlarimiz ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ularning halolligi, vaziyatlarni aniq baholashi hamda to‘g‘ri qarorlari uchun musobaqa tashkilotchilari o‘z minnatdorliklarini hozirga qadar turli usullarda bildirib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha hakamimiz Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi

Gap shundaki, hamyurtimiz, xalqaro toifadagi referi Alisher Polvonov “Parij-2024” boks bahslarini boshqarib bordi.

Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi, mehnati va sadoqati, Olimpiya qadriyatlarini keng yoyish va birlashtirishdagi ulkan yordami uchun xorazmlik hakamimiz Alisher Polvonov, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax hamda “Parij-2024” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Prezidenti Toni Estanguyet tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!