Samarqandda ayol 13 yoshli qizini 25 ming dollarga narxladi

Samarqandda ayol 13 yoshli qizini 25 ming dollarga narxladi

Asli qashqadaryolik bo‘lgan, tirikchilik uchun Samarqandga kelgan 41 yoshli ayol xaridor bilan o‘z qizini 25 ming AQSh dollariga sotish uchun restoranga kelganda qo‘lga olingan. Ayolning yonidan qizini sotishdan olgan pullar topilgan.

Qizingizni farzandlikka bering, dedi. Bilmasam, chaqaloqligidan o‘zim katta qilganman, dedim. Uy-joyingiz yo‘q ekan. Shu qizingiz evaziga biz sizga bitta uy olib beramiz, dedi. Uylarni ko‘rib, 25 ming dollarlik uyni tanladim. Qilgan ishimdan pushaymonman, – deydi qizini sotmoqchi bo‘lgan ona.

Ayol 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ayol jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilanib, uning qizi va boshqa farzandlari davlat himoyasiga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!