Eron Armanistonda 100 dan ortiq pavilyonga ega savdo markazi ochadi

A A A
Eron Armanistonda 100 dan ortiq pavilyonga ega savdo markazi ochadi

1 oktyabr kuni Yerevanda Eronning xorijdagi eng yirik savdo markazi ochiladi. Tasnim agentligining qayd etishicha, yangi savdo markazi YEOIIga kirish eshigiga aylanadi.

Savdo markazi 18 ming kvadrat metr maydonga ega va turli sohalarda foydalanish mumkin bo‘lgan 107 ko‘rgazma pavilyonlarini o‘z ichiga oladi. Savdo markazi, shuningdek, B2B uchrashuvlari uchun konferensiya zali va tadbirlar, konferensiyalar va festivallar uchun ochiq maydon bilan jihozlanadi. Eng yirik doimiy markaz loyihasi Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti (TPOI) bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Savdo markazi ochilishi uchun Armanistonga Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri, shuningdek, eronlik tadbirkorlar va Eronning yirik sanoat markazlari rahbarlari kelishi kutilmoqda.

2023 yil 25 dekabrda YEOII va Eron o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risidagi to‘liq miqyosli Bitim imzolandi. Hujjatda mahsulot assortimentining deyarli 90 foizi uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinishi ko‘zda tutilgan. Hozirda mazkur hujjat ratifikasiyadan o‘tmoqda.

Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Vaqtinchalik savdo bitimi amal qilgan so‘nggi besh yil ichida YEOII va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravardan ko‘proqqa oshgan – 2019 yildagi 2,4 milliard dollardan 2023 yilda 5,2 milliard dollargacha. Savdoni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi 2024 yilda ham davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!