Bektemirdan Chorvoqqa boradigan yo‘l pullik bo‘lishi rejalashtirilmoqda

Bektemirdan Chorvoqqa boradigan yo‘l pullik bo‘lishi rejalashtirilmoqda

Turkiya kompaniyasi bilan 4R12 “Bektemir sh. – Chirchiq sh. – G‘azalkent sh.– Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6–77 km qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pullik yo‘lga o‘tkazish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida ma’lum qilindi.

Vazirlik rahbariyati Moldova va Ruminiyadagi loyihalarda ishtirok etayotgan “Onur Group” kompaniyasi direktori Bulent Tatar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yo‘llar va tunnellar qurish sohasida hamkorlikning salohiyatli imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek, mavjud loyihalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, 4R12 Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorvoq avtomobil yo‘lining 6 kilometrdan 77 kilometrgacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Qayta qurish ushbu hududda asfalt-beton qoplamadan foydalanish, shuningdek, yo‘lni pullik yo‘lga aylantirishni nazarda tutadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada “Onur Group” mutaxassislari Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda loyiha joyiga tashrif buyurib, joyida baholash ishlarini olib borishgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi bosqichlarni belgilashga kelishib oldilar.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!