XDP vazirlik va idoralar tomonidan tushadigan barcha tushumlarni to‘liq byudjetga yo‘naltirish tashabbusini ilgari surmoqda

XDP vazirlik va idoralar tomonidan tushadigan barcha tushumlarni to‘liq byudjetga yo‘naltirish tashabbusini ilgari surmoqda

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish va jarimalar orqali davlat byudjetiga tushadigan mablag‘lar mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy rivojlanishidagi muhim omillardan hisoblanadi. Bu mablag‘larning to‘g‘ri va samarali boshqarilishi davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga erishishiga ko‘maklashadi.

Shu bois, O‘zbekiston XDP vazirlik va idoralar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki jarima solish natijasida tushadigan barcha tushumlarni to‘liqligicha Davlat budjetiga yo‘naltirish tashabbusini ilgari surmoqda.

Tushumlarni to‘laligicha davlat budjetiga yo‘naltirish quyidagi jihatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi:

— davlat budjetiga tushadigan mablag‘lar ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda, masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi;

— davlatning moliyaviy barqarorligi va ichki iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi;

— mablag‘lar budjetga to‘laligicha tushganidan so‘ng davlat yangi infratuzilmalar yaratish va mavjudlarini yaxshilashga sarmoya kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, davlat xizmatlari va jarimalardan kelib tushadigan tushumlarni to‘liq davlat budjetiga yo‘naltirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu nafaqat davlat budjetining barqarorligiga yordam beradi, balki ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, infratuzilmani yaxshilash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Partiyamiz tashabbusining amalga oshirilishi, shuningdek, davlatning fuqarolar va biznes uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishiga, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga zamin yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!