Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

Jizzax viloyatida haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatidagi yo‘llarning birida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Damas mashinasini to‘xtatib haydovchidan necha nafar yo‘lovchi olib yetayotganini so‘raganda u 11 nafar deb javob beradi.

Biroq mashinadagi yo‘lovchilar tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 14 nafar ekani oydinlashadi.

Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddasi bilan qonuniy chora ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, Damas mashinasiga haydovchidan tashqari 6 nafar yo‘lovchi mindirish mumkin. Jizzaxda qayd etilgan holatda haydovchi belgilangandan 8 nafar ko‘p yo‘lovchi mindirib harakatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!