Samarqanddagi noxush holat: "O‘zbeklarga kofe bermanglar..."

Samarqanddagi noxush holat: "O‘zbeklarga kofe bermanglar..."

"Kun.uz" jurnalisti Shuhrat Shokirjonov Samarqandda o‘zi duch kelgan holat haqida yozdi.

"Ertalabdan xorlashdi: kulishimniyam yig‘lashimniyam bilmayapman.

Osiyo Infratuzilma va investisiyalar bankining Samarqanddagi yig‘ilishini yoritish uchun Turizm markaziga bordim.

Beyjikni oldim. Tadbirning mediaga mas’ul xodimlari, "O, Kun.uzdanmisiz", deb yaxshi qarshi olishdi. Ertaga ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘lishini tushuntirib, bemalol, media markazda joylashib, kofe choy ichishim mumkinligini aytishdi.

Ota-bobom ichmagan kofeni men ichmay o‘lay, borib ofisiant bolaga "qani, uka bitta achchiq kofe damla-chi", desam:

- Aka, kattalar o‘zbeklarga kofe berma, faqat chet elliklarga degan, — deydi ko‘zini lo‘q qilib.

Hech kim bunaqa mulzam qilmagan ediye shu paytgacha.

"Bermasang berma, jigitti ko‘kragiga tepma", deyishadi-ku?!

Bunaqa munosabatdan keyin boradi, deb o‘ylaysizlarmi tadbirga meni?"

deb yozadi Shokirjonov o‘z kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!