Samarqandda 5 nafar fuqaro Isroilga ketish uchun 60 000 AQSh dollariga yaqin pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Samarqandda 5 nafar fuqaro Isroilga ketish uchun 60 000 AQSh dollariga yaqin pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi

osh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!