Xitoy Isroilni qoraladi

Xitoy Isroilni qoraladi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Isroilni Livanda "Hizbulloh"ga qarshi operasiyasi uchun qoraladi. Pekin bu harakatlarni Livan suverenitetini qo‘pol ravishda buzish deb ataydi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Nyu-Yorkda livanlik hamkasbi bilan uchrashib, xalqaro hamjamiyat ham, Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari ham mavjud vaziyat bilan bog‘liq holda yanada qat’iyroq harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Van I Livandagi amaliyot G‘azo sektoridagi amaliyotning davomi ekanini aytib, o‘t ochishni to‘xtatish va Falastin davlatini yaratishga chaqirdi.

Avvalroq Xitoy o‘z fuqarolarini Isroil va Livanni tark etishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!