Toshkentda «Logistika markazlari alyansi»ni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolandi

Toshkentda «Logistika markazlari alyansi»ni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolandi

Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti ko‘magida «Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi» xalqaro tashkilotining ta’sis hujjatlari imzolandi. O‘zbekiston xususiy biznes vakili Asqar Qodirov Alyans bosh kotibi bo‘ldi.

Tashkilot tarkibiga ishi logistika va yuk tashish, muhandislik ishlari va ushbu sohada konsalting xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar kiritiladi.

* Turkiy Davlatlar Tashkiloti Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan xalqaro tashkilotdir. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Tashkilot turkiy tilli davlatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, fan, ta’lim, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!