Toshkentda "Lasetti" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobusga urildi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi

Toshkentda "Lasetti" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobusga urildi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi

27 oktyabr kuni taxminan soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi “Hosilot” mehmonxonasi yaqinida “Lacetti” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 A 833 HB) ishonchnoma asosida boshqarib borgan 1996 yilda tug‘ilgan Murodjon M. boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida to‘xtab turgan 1964 yilda tug‘ilgan Shukurulla X. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” (davlat raqami10 973 JAA) avtobusiga to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida “Lacetti” haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor yetamiz.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!