Toshkentda haydovchi va chiptachilar uchun “planlar” bekor qilinadi

Toshkentda haydovchi va chiptachilar uchun “planlar” bekor qilinadi

«Toshshahartransxizmat» AJ raisi birinchi o‘rinbosari A’zam Abdullayevning ma’lumot berishicha, haydovchi va chiptachilar uchun ancha qiyinchilik tug‘dirgan, oldindan o‘rnatilgan rejalar endi yo‘q. Qancha pul tushishi ularning muammosi emas.

Haydovchilar 15 kun ishda va mos ravishda bir oyda 15 kun uyda bo‘lishadi. U belgilangan manzilga aniq ko‘rsatilgan vaqtda yetib borishi kerak. Haydovchi oldin ma’lum pul tushumini yig‘ishi kerak bo‘lar edi, agar yig‘masa oyligiga ta’sir qilib, har kuni ishlashiga to‘g‘ri kelardi. Endi bunday bo‘lmaydi.

Hozirda jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, avtokorxonalar tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish, haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!